Angra-dus-Reys (Angra) – Braziliyaning Atlantika sohilida joylashgan go'zal shahar bo'lib, Rio-de-Janeyro shahridan atigi 155 kilometr janubi-g'arbda joylashgan.
Aynan shu yerga, 1502-yil 6-yanvarda portugal dengizchilari yangi yerlarni oʻrganish va mustamlaka qilish maqsadida kelib tushishgan. Bu kun Portugaliyada Qirol kuni sifatida nishonlanganligi sababli, birinchi toʻxtash joyi «qirollik koʻrfazi» (Angra dos Reis) deb nomlangan.
Bu koʻrfaz haqiqiy jannat makonini eslatardi. Ekspeditsiya ishtirokchilaridan birining saqlanib qolgan maktubida gʻaroyib, xushboʻy gullar, ularning hidi faqat jannat bogʻiga munosib ekanligi, rang-barang, yoqimli ovozli qushlar tasvirlangan va bu joylarning sehrli go'zalligini so'z bilan ifodalashning iloji yo'qligi ta'kidlangan.
Qadimiy aholi punkti oʻrnida hozir Eski shahar joylashgan boʻlib, u yerda qadimiy uylar arxitekturasi va koʻplab katolik ibodatxonalari saqlanib qolgan. Shaharning zamonaviy qismi va uning atrofi oʻzining ajoyib goʻzal plyajlari bilan mashhurdir. Bu yerda ikki mingga yaqin plyajlar mavjud boʻlib, ular «Yashil qirgʻoq» (Costa Verde) kurort zonasiga kiradi. Shu bilan birga, bu hududga 365 orol va 8 ta chiroyli koʻrfaz ham kiradi. Qirgʻoq chizigʻiga yaqin joyda Serra-Du-Mar (Serra do Mar) togʻ tizmasi baland koʻtarilgan boʻlib, uning fonida mahalliy plyajlar oʻziga xos osoyishtalik kasb etadi. «Yashil qirgʻogʻ»ning barcha plyajlarida sayohatchilarga suv sportining keng turlari, shu jumladan suv ostiga shoʻngʻish (dayving) taklif etiladi. Eng yaxshi shoʻngʻish joylari kurortning eng katta oroli – Ilxa-Grandi (Ilha Grande) yaqinida joylashgan.
Загрузка…













